Koronavirus aniqlangan soʻnggi bemor haqida ma'lumot berildi

13:15 30 Mart 2020 Jamiyat
808 0

foto by: Google

Avvalroq, Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 145 nafarga yetgani haqida xabar bergan edik.

Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, koronavirus aniqlangan eng soʻnggi bemor Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

Infeksiyani yuqtirib olgan eng soʻnggi bemor ikkinchi vafot etgan marhum bilan muloqotda boʻlgan 14 yoshlijiyaniekanligi maʼlum qilindi. U ayni paytda Qarshi shahrida joylashgan Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Bemorning holati oʻrta ogʻir darajada. Bemor bilan muloqotda boʻlgan yaqinlari va boshqa fuqarolar salomatligi ham qatʼiy nazoratga olingan.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda yana ikki nafar qashqadaryolik bemor poytaxtdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер