Koronavirus: 511 kishi vafot etdi
Shu yilning 13-oktyabr kuni mamlakatimizda 319 holatda kasallik qayd etildi.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami koʻrsatkich 511 nafarga yetdi.
Eʼtiborli jihati, bugun: Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent, Surxondaryo, Sirdaryo, Samarqand, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Andijon, Jizzax viloyatlarida 336 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 61 738 nafar bemordan 58 763 nafari sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 464 nafar bemordan 319 nafari ogʻir, 106 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring