Korxonada chiqindi qayta ishlanib, tayyor mahsulotga aylantirilmoqda
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyatida aholi soni, yangi uy-joylar tobora koʻpayib, maishiy chiqindilar hajmi yiliga 6 foiz ortmoqda. Mutaxassislarning eʼtirof etishicha, agar tezkor choralar koʻrilmasa, 15-yildan keyin viloyatda maishiy chiqindilar hajmi ikki hissa oshadi.
Bu muammoni hal etishning eng samarali usuli esa – qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish hisoblanadi. Jahon tajribasi bunga yaqqol misol boʻlishi mumkin.
Ayni paytda viloyatda 19 ta chiqindixona mavjud boʻlib, uning 14 tasi tadbirkorlik subyektlariga biriktirib berilgan. Tadbirkor Alisher Rahbarov Fargʻona tumanida joylashgan chiqindixona tasarrufida qayta ishlash korxonasi faoliyatini yoʻlga qoʻygan.
— Korxonada 35 ta doimiy ish oʻrni yaratilgan boʻlib, xorijdan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar yordamida kuniga 0,5 tonna turli chiqindi mahsulotlari qayta ishlanib, granulalar ishlab chiqarilmoqda, — deydi tadbirkor. — Hozirda yangi texnologiyalar oʻrnatib, chiqindi qutilari ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Aytish joiz, keyingi yillarda Fargʻona viloyati hokimligi tashabbusi bilan chiqindini qayta ishlash sohasida xorijning bir necha yirik kompaniyalari bilan muloqotlar olib borilib, amaliy saʼy-harakatlarga kirishilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring