Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi
Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Pak Byon Sok rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.
Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida yuksak martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev, Koreyaning Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor Elchisi Kan Chje Kvon va boshqa rasmiylar kutib oldilar.
Martabali mehmon Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, tashrif doirasida poytaxtimizdagi Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qoʻyish marosimi, shuningdek, Koreya madaniyati va sanʼati uyi, Milliy bolalar tibbiyot markaziga tashrif, Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishish nazarda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring