Qarshidagi koʻpqavatli uylardan biridan ilon chiqdi

11:31 27 May 2020 Jamiyat
1725 0

Qutqaruvchilar koʻpqavatli uyga kirib olgan ilonni olib chiqdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati FVB xabar bermoqda.

Ushbu voqea Qarshi shahridagi 5 mikrorayonda yuzaga kelgan. A.X. ismli fuqaro viloyat FVB navbatchilik qismiga uyiga ilon kirib olganligi haqida maʼlum qilgan.

Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va “chaqirilmagan mehmon”ni tutib, xavfni bartaraf qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер