Koʻp qavatli uy kirish yoʻlaklariga harakat datchikli lampa oʻrnatilishi natijasida elektr energiyasi iqtisod qilindi

13:51 09 Dekabr 2023 Iqtisodiyot
317 0

4 656 ta koʻp qavatli uy kirish yoʻlaklariga 49,1 mingta harakat datchikli lampa oʻrnatilishi natijasida bir sutkada 58,9 ming kVt soat elektr energiyasi iqtisod qilindi.

AOKAda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida koʻp qavatli uy-joylarda issiqlik taʼminotini yanada yaxshilash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

2023/2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida respublikadagi 5 593 ta koʻp kvartirali uyni taʼmirlash rejalashtirilgan.

Taʼmirlash ishlariga jami 280,5 mlrd. soʻm (shundan, 182.8 mlrd. soʻm respublika va mahalliy byudjet, 73,4 mlrd. soʻm boshqaruv tashkilotlari, 24,2 mlrd. soʻm homiylik) mablagʻlar ajratilishi belgilab olingan.

2 000 ta uyning 932 ming metr kvadrat tom qismi, 4 777 ta kirish yoʻlaklari, 2 797 ta elektr taqsimlovchi shitlar, 1 599 ta uyning yertoʻla muhandislik kommunikatsiyalari, 1 228 ta koʻp kvartirali uyning fasad qismini taʼmirlash hamda podyezdlarga 1 632 ta kodli qulfli eshiklar, 5 811 metr kvadrat framuga romlari va 2 898 ta energiya tejamkor sensor lampalar oʻrnatish rejalashtirilgan.

Hozirgi kunga qadar 5 531 ta taʼmirtalab koʻp qavatli uylar taʼmirlandi. 1 997 ta uyning tom qismi, 4 747 ta kirish yoʻlaklari, 2 681 ta elektr qutilari, 1 583 ta yertoʻla qismidagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari taʼmirlandi.

Ishchi guruh tomonidan 2023-yilning 13-oktyabr – 9-noyabr kunlari Toshkent shahar 12 ta tumanining 578 ta mahallasida 48 ta kichik ishchi guruhlar tashkil etgan holda koʻp qavatli uylar, ijtimoiy soha va boshqa obyektlar holati “mahallabay” oʻrganildi.

Shuningdek, 6 317 ta koʻp qavatli uy, ijtimoiy soha va boshqa obyektlarda aniqlangan 11 406 ta muammoli masalalar bartaraf etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер