Koʻp kvartirali uyning yertoʻlasidan foydalanish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (648-son, 15.10.2021-y.) bilan Koʻp
Nizomga koʻra, yertoʻladan foydalanish koʻp
Yertoʻladan joylar faqat yertoʻlada
● oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilish (doʻkonlar, kioskalar,
● maishiy xizmat koʻrsatish (sartaroshxona, poyabzal tikish va taʼmirlash, optika, soat sozlash ustaxonalari, tikuvchilik va kashtachilik, atelye);
● umumiy ovqatlanish (restoranlar, kafe, kafeteriylar, muzqaymoq va chanqovbosdi ichimliklar barlari, gazakxonalar);
● bank xizmatlari koʻrsatish (banklarning boʻlimlari va valyuta almashtirish punktlari);
● aloqa xizmatlari koʻrsatish (pochta boʻlimi) va kuryerlik faoliyati;
● gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan savdo qilish;
● bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va taʼmirlash;
● gulchambarlar, sunʼiy gullar va gul marjonlarini tayyorlash;
● rassomlik va haykaltaroshlik;
● xizmat koʻrsatish va tadbirkorlarning ofislari hamda idoralari;
● video va fotosuratga olish, kompyuter xizmatlari;
● tarjima va tahrir xizmatlari;
● dizayn, chizmachilik-grafika xizmatlari;
● kiyim-kechak va idishlarni ijaraga berish xizmati;
● riyeltorlik faoliyati;
● gazlamalarga naqshlar solish,
● jismoniy tarbiya va sport muassasalari faoliyati;
● davlat tashkilotlarini joylashtirish;
● sugʻurta tashkilotlarini joylashtirish.
Mazkur faoliyat turlarini yongʻinga qarshi va texnik shartlarning minimal talablari asosida tashkil etishga ruxsat beriladi.
Yertoʻladan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara toʻlovlarining eng kam miqdorlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Ijara toʻlovlari ushbu koʻp
Yertoʻladan foydalanuvchi tomonidan uni boshqa shaxslarga sotish, hadya etish, garovga qoʻyish va ijaraga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring