Koʻp kvartirali uylar yertoʻlasida qaysi faoliyat turlari bilan shugʻullanish mumkin emas?

19:51 09 Dekabr 2023 Jamiyat
352 0

Foto: Arxiv surat

Koʻp kvartirali uyning yertoʻlasida quyidagi faoliyat turlari bilan shugʻullanishga yoʻl qoʻyilmaydi:

— uyni qurishda oʻtiriladigan joylari soni loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan, shuningdek, soat 23.00dan keyin ham ishlaydigan umumiy ovqatlanish korxonalari, restoranlar, kafelar, kafeteriylar, barlar;

— kimyoviy tovarlar, sabzavot va baliq mahsulotlarini, shuningdek, gaz ballon, kimyo vositalari, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda portlab yonish xavfliligi jihatidan xavfli boʻlgan boshqa moddalar va materiallar bor boʻlgan mahsulotlarni sotuvchi doʻkonlar;

— oʻz ishlab chiqarishida tez yonuvchi moddalarni qoʻllovchi kimyoviy tozalash xonalari;

— 10 tadan ortiq ish oʻrniga ega boʻlgan poyabzal tikish va taʼmirlash ustaxonalari;

— hammomlar va saunalar;

— aloqa tarmoq stansiyalari, shaharlararo aloqaning kecha-kunduz foydalaniladigan soʻzlashuv punktlari va telegraf;

— jamoat hojatxonalari;

— marosimlar bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish muassasalari;

— sanoat korxonalari faoliyatining barcha turlari;

— uy hayvonlari va parrandalari boqishga yoki koʻpaytirishga moʻljallangan joylar;

— jismoniy va yuridik shaxslarning transport vositalari uchun garajlar (maxsus loyiha asosida qurilgan garajlar bundan mustasno);

— yashash joylari, kinoteatr, yotoqxona va mehmonxonalar tashkil etish.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер