Kontrakt toʻlash muddati uzaytirildi
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2019-yil 21-oktyabrdagi qaroriga asosan 2019/2020 oʻquv yilida OTMlar bakalavriatiga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan (shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan) abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2019-yilning 20-noyabri etib belgilandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring