Konstitutsiyaviy oʻzgarishlar hayotiy zaruriyatga aylandi

16:19 24 Fevral 2023 Jamiyat
515 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlashga masʼul boʻlgan qoʻmitalari qoʻshma yigʻilishida taʼkidlanganidek, fuqarolarimizning uy-joyli boʻlish huquqi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanmoqda. Davlat uy-joy qurilishini ragʻbatlantirishi va uy-joyga boʻlgan huquqning amalga oshirilishiga shart-sharoit yaratishi belgilanmoqda. Ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarni uy-joy bilan taʼminlashning qonuniy asoslari yaratilmoqda.

Eng muhimi, Konstitutsiyada hech kim sudning qarorisiz va qonunga nomuvofiq holda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi aniq ravshan mustahkamlanmoqda. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi taʼminlanadi.

Mazkur normaning Konstitutsiyaga kiritilishi bir necha yillardan buyon jamiyatimizda oʻtkir muammolardan biriga aylangan “snos” bilan bogʻliq muammoga nisbatan xalqparvar, mulkdorlar manfaatini himoya qiluvchi oqilona yechim boʻladi.

Qayd etilganidek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasida barcha sohalarda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari taʼminlanishiga erishish masalasi ustuvor qoʻyilgan. Shu nuqtayi nazardan, unda soliq va yigʻimlar adolatli boʻlishi va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga toʻsqinlik qilmasligi oʻrnatilmoqda. Bozor munosabatlari tobora rivojlanayotgan sharoitda ushbu norma barcha fuqarolar, tadbirkorlar huquq va manfaatlarini taʼminlashga xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер