“Xabeas korpus” institutini rivojlantirish zarur — Prezident

11:30 20 Iyun 2022 Siyosat
717 0

Prezidentimizning Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

Tahlillar huquq-tartibot organlari tomonidan shaxs qoʻlga olinganda, u nima uchun ushlangani va qanday huquqlarga ega ekani tushuntirilmayotganini koʻrsatmoqda. 

"Natijada, gumon qilinuvchining huquqlari ushlangan dastlabki vaqtdayoq xavf ostida qoladi. 

Bunday holatlarning oldini olish maqsadida koʻplab davlatlarning Konstitutsiya va qonunlarida hamda inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda aks etgan “Miranda qoidasi”ni qoʻllash lozim. 

Yaʼni, shaxsni ushlash chogʻida uning huquqlari va nima sababdan ushlangani sodda tilda tushuntirilishi shart. 

Ana shu qoidani Konstitutsiyamizda muhrlab qoʻyishning vaqt-soati keldi, deb oʻylayman.

Bundan tashqari, “Xabeas korpus” institutini rivojlantirish zarur. Yaʼni, shaxs sudning qaroriga qadar koʻpi bilan qirq sakkiz soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emas. 

Agar sud tomonidan shaxsni hibsga olish yoki unga nisbatan boshqacha turdagi ozodlikni cheklash haqida qaror belgilangan muddatda qabul qilinmasa, bunday shaxsni darhol ozod qilish kerakligi haqidagi normani ham Konstitutsiyada aks ettirishimiz zarur" deya qayd etdi Shavkat Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер