Konstitutsiya bilimdonlariga kitob sovgʻa qilindi
Buxoro viloyati Kogon shahridagi 17- ixtisoslashtirilgan davlat umum taʼlim maktabida tashkil etilgan “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” mavzusidagi badiiy kompozitsion tadbir tashkil etildi. Tadbirda ham qonunlarimiz asosi, hayotimiz kafolati boʻlgan muhim hujjatning mazmun-mohiyati va gʻoyasi haqidagi mulohazalar bildirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari Bosh qomusimizda yoshlarning taʼlim olish kafolatlari, ularning bilim olib,kasb hunar egallashlarining qonuniy asoslari qamrab olingan maʼruzalari tinglandi.
Oʻquv maskanida katta bayram tantanasiga aylangan ushbu tadbirda faol ishtirok etgan oʻquvchilarga tashkilotchilar tomonidan Konstitutsiyaga oid tarqatma materiallar va kitoblar sovgʻa qilindi.
Shuningdek, departament xodimlari oʻquvchi yoshlar taʼlim olishi uchun maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring