Konor Makgregorning navbatdagi jangi uchun chiptalar bir kunda sotilib ketdi

20:37 23 Dekabr 2019 Sport
1915 0

UFCʼning asosiy jangida irlandiyalik Konor Makgregor ishtirok etadigan navbatdagi turniri uchun chiqarilgan chiptalar 24 soatda sotilib ketdi. Bu haqda jurnalist Kevin Ayol tashkilot rahbari Deyn Uaytga asoslanib xabar berdi.

31 yoshli Makgregor va amerikalik Donald Serrone oʻrtasida yarim oʻrta vaznda boʻlib oʻtadigan bellashuv UFC 246 turnirining asosiy jangiga aylanadi. Musobaqa 2020-yil 19-yanvar kuni boʻlib oʻtadi.

Ayolaning aytishicha, bir kundayoq sotilib ketgan chiptalardan 10 million dollar foyda kelib tushgan.

29-noyabr kuni Makgregorning navbatdagi raqibi Serrone boʻlishi maʼlim qilingandi. Amerikalik jangchi UFCʼda gʻalabalar soni boʻyicha rekordchi sanaladi — 23 ta. Irlandiyalik sportchi esa oktagonga qaytishini Moskvada boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qilgandi.

Xabaringiz bor, uning shu paytgacha oxirgi jangi 2018-yil oktyabr oyida boʻlib oʻtgandi. Oʻshanda u rossiyalik jangchi Xabib Nurmagomedovga yutqazib qoʻyib, yengil vaznda UFC chempioni maqomini qaytarib olishning uddasidan chiqa olmagan edi.

Eslatib oʻtamiz, Makgregor ikki vazn toifasida UFCʼning sobiq chempioni hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер