Konkur bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi
Joriy yil 3 — 6-aprel kunlari poytaxtimizda konkur bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda Respublikamizning ko‘plab viloyatlaridan tashrif buyurgan chavandozlar g‘oliblik uchun bahs olib bordilar.
Bellashuvlar yakuniga ko‘ra, Bahromjon Gaziyev, Xurshid Alimjonov, Alisher Erkinov, Bekzod Qurbonov, Nurjan Tuyakbayev, Ashrafxon Ne’matov turli yo‘nalishlarda chempionlikni qo‘lga kiritishdi.
Ahamiyatlisi, taqdirlash marosimida Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi ishtirok etib, mamlakatlarning mazkur sport turidagi hamkorligi yangi darajaga ko‘tarilayotganini ta’kidladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring