Konimexda prokuratura tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi
Aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni taʼminlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etish maqsadida Navoiy viloyati prokurori Baxtiyor Ahmedov tomonidan Konimex tumanida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari hamda yoshlar bilan sayyor qabul oʻtkazildi.
Qabul va yoshlar bilan uchrashuv jarayonida 81 nafar fuqaro va yoshlar ishtirok etib, 24 nafar shaxsdan turli masalalar boʻyicha murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning 14 tasi ish bilan taʼminlash, 2 tasi moddiy yordam ajratish, 1 tasi pensiya, 1 tasi kredit ajratish, 1 tasi sud qaroridan noroziligi va 5 tasi boshqa masalalariga taalluqli boʻlib, ularning 4 tasi joyida qanoatlantirildi, 14 tasiga asoslantirilgan huquqiy tushuntirish berildi va 6 tasining ijrosi nazoratga olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring