Kongressmenlar Trampga impichment eʼlon qilish boʻyicha taklif tayyorladi
Demokrat kongressmenlar AQSHning amaldagi prezidenti Donald Trampga impichment eʼlon qilish boʻyicha taklifni tayyorlagan va tarqatgan. Bu haqda kongressmen Devid Sissillin aytib oʻtdi.
"AQSH Kapitoliyiga uyushtirilgan hujumdan keyin respublikachilar Ted Lyu va Jeymi Ruskin hamda men tomonimdan tayyorlangan prezidentni lavozimidan chetlatish toʻgʻrisidagi impichmentni tarqatmoqdaman», degan Sissillin.
6-yanvar kuni AQSHning amaldagi prezidenti Donald Trampning tarafdorlari boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlari natijalarini tasdiqlashi kerak boʻlgan AQSH Kongressi yigʻilishiga bostirib kirishdi.
Baʼzi xabarlarga koʻra, Vashingtondagi namoyishlar natijasida toʻrt kishi halok boʻlgan. Bundan tashqari, “CNN” telekanali kamida 20 nafar namoyishchi hibsga olingani haqida xabar berdi.
Vashington meri Myuriyel Bauzer shaharda komendantlik soati eʼlon qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring