Kongoda kema halokatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi

04:27 05 Oktyabr 2024 Dunyo
397 0

Kongo sharqidagi Kivu koʻlida kema choʻkishi oqibatida 100 nafardan ortiq odam halok boʻldi. Oʻnlab odamlar bedarak yoʻqolgan. Bu haqda MIR 24 xabar berdi.

Qayd etilishicha, kema Goma portiga yaqinlashgan. Bortda savdogarlar boʻlgan. Kema bir necha daqiqada koʻzdan gʻoyib boʻlgan. Aksariyat odamlar bedarak yoʻqolgan. Mahalliy OAV xabarlariga koʻra, kemaga haddan tashqari koʻp yuk ortilgan.

Ayni vaqtda yoʻqolganlarni qidirish davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер