Komil Allamjonov yana bir lavozimga tayinlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Komil Ismoilovich Allamjonov maslahatchi-vakil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining AQSHdagi vakili lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Komil Allamjonov bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi lavozimidagi faoliyatini ham davom ettiradi.
Eslatib oʻtamiz, Allamjonov joriy yilning iyun oyida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchisi etib tayinlangandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring