Komendantlik soati nima?
Favqulodda holat bu jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklariga nisbatan ayrim cheklovlar belgilaydigan va ularning zimmasiga qoʻshimcha majburiyatlar yuklaydigan, Konstitutsiyaga muvofiq Respublikaning butun hududida yoki ayrim joylarida vaqtincha joriy qilinadigan davlat organlari va tashkilotlar, mansabdor shaxslarning alohida huquqiy rejimi hisoblanadi.
Komendantlik soati – sutkaning taqiq belgilangan vaqti. Bu vaqtda maxsus berilgan ruxsatnomalarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz koʻchalarda hamda boshqa jamoat joylarida yoxud turar joydan tashqarida boʻlish taqiqlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring