Kolumbiyada xavfli kasallik tarqalishi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi
Illyustrativ foto
Kolumbiyada sariq isitma avj olgani sababli favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Gilermo Alfonso Jaramillo “Senal Colombia” telekanali orqali maʼlum qildi.
“Prezident Gustavo Petro boshchiligidagi hukumat mamlakatda sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat eʼlon qildi”, dedi u oʻz chiqishida.
Vazirning taʼkidlashicha, Kolumbiyada 74 ta infeksiya holati aniqlangan, ulardan 34 tasi oʻlim bilan yakunlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring