Kolumbiyada bortida 114 nafar yoʻlovchi boʻlgan harbiy samolyot quladi (+video)
Kolumbiyada milliy armiya qoʻshinlarini olib ketayotgan “Lockheed C-130 Hercules” harbiy transport samolyoti halokatga uchradi.
Aniqlanishicha, samolyot bortida 114 nafar yoʻlovchi va 11 nafar ekipaj aʼzolari boʻlgan. Ulardan kamida 48 nafari omon qolgan. Boshqa yoʻlovchilarning taqdiri nomaʼlumligicha qolmoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu hodisa Kolumbiya janubida joylashgan Putumayo hududida sodir boʻlgan. Samolyot havoga koʻtarilgach, koʻp oʻtmay, aeroportdan ikki kilometr uzoqlikda qulab tushgan. Halokat sababi hozircha nomaʼlum.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring