Kollej va texnikumlarning kontrakt toʻlash muddati uzaytirildi
Davlat qabul komissiyasining qaroriga muvofiq, kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari yakuni boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlarga 2021/2022-oʻquv yilida oʻqish uchun belgilangan toʻlovlarning kamida 50 foiz miqdorini toʻlash muddati 2022-yilning 20-yanvarigacha (shu kuni ham) etib belgilandi.
Shuningdek, kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarida ishtirok etib, oʻqishga tavsiya etilmagan abituriyentlarga, istisno tariqasida, imtihon topshirgan fanlar majmuasi bir xil boʻlgan kasb yoki mutaxassisliklarning vakant oʻrinlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishga ruxsat etildi.
Eslatib oʻtamiz, ayni paytda Cogʻliqni saqlash vazirligi tizimida 11 ta tibbiyot oliy taʼlim muassasasi, 47 ta Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi va 27 ta tibbiyot kolleji faoliyat yuritmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring