Kolbasa ichidan katta qogʻoz chiqdi
“GOLD” doktorskaya nomi ostida ishlab chiqarilayotgan kolbasaning ichidan taʼbni xira qiluvchi qogʻoz chiqqan. Bu haqda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi maʼlum qildi.
“Axir, bu kabi eʼtiborsizlik odamlarning sogʻligʻiga jiddiy zarar keltirishi hech gap emas-ku! Bu kabi holatlar takrorlanmasligi uchun barchamiz birdek kurashmogʻimiz kerak. Ishlab chiqaruvchilarni esa, insofga chorlab qolamiz. Agarda siz ham shunday vaziyatga tushsangiz, Oʻzbekiston isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishon telefoniga qoʻngʻiroq qilishingiz yoki yozma ravishda ariza berishingiz mumkin“, deyiladi tashkilot xabarida.

Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring