Koʻchmas mulk bozorida shartnomalar soni koʻpaydi, ijara narxi esa oʻsdi – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi oʻzining navbatdagi sharhida koʻchmas mulk bozorida yuz bergan oʻzgarishlarni tahlil qildi.
Avgust oyida koʻchmas mulk savdosi 12,8%ga oʻsdi, roʻyxatga olingan oldi-sotdi bitimlari soni 28 mingtani tashkil etdi. Bu bir oy oldingi koʻrsatkichga nisbatan deyarli 3 mingtaga koʻp.
Soʻnggi ikki oy ichida poytaxt uy-joy bozorida faollik nisbatan past boʻlsada oʻsayotganini koʻrish mumkin. Shunday qilib, avgust oyida savdo hajmi 10%ga oshdi va 7,5 ming xonadonni tashkil etdi.
Poytaxtda kvartirani ijaraga olish Uchtepa (7,1 doll.), Sergeli (6,7 doll) va Bektemir (5,6 doll) tumanlarida eng maqbul narx boʻlib qolmoqda.
Ikkilamchi koʻchmas mulk bozorida birinchi marta yil boshida kvartiralar narxining pasayishi kuzatildi. Avgust oyida uy-joylarning kvadrat metri uchun oʻrtacha narx 0,7%ga pasaygan boʻlsa, oʻtgan yilga nisbatan ikkilamchi uy-joylar narxi 22%ga oshdi.
Oʻtgan yilning avgust oyiga nisbatan Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joylarning oʻrtacha narxi 31,6%ga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring