Koʻchma va yengil konstruksiyali savdo faoliyati uchun talablarni soddalashtirish vazifasi qoʻyildi

16:43 07 Iyun 2022 Siyosat
670 0

Davlatimiz rahbari raisligida boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Prezident koʻchma va yengil konstruksiyali savdo faoliyati uchun talablarni soddalashtirish vazifasini qoʻydi.

Jumladan, uy-joy mulkdorlari shirkatlari, mahalla, obodonlashtirish va yoʻl tashkilotlariga oʻz yer maydonlarida mavsumiy kafe va savdo nuqtalarini tashkil etishga ruxsat beriladi.

Bunda, koʻchma savdo obyektlarini ish kuni yakunlangach, koʻchirish boʻyicha majburiy talab bekor qilinib, tadbirkorlarga mobil konteynerlar oʻrnatish huquqi beriladi.

2017-yilda bozorlarni rekonstruksiya qilish va zamonaviy savdo komplekslarini qurish dasturi qabul qilingan edi.

Lekin Zangiota, Qibray, Ohangaron, Baxmal, Gʻallaorol, Doʻstlik, Chortoq, Xatirchi va Nurotada bozorlardagi ahvol, ularning sanitariyasi va arxitekturasidan odamlar norozi ekani qayd etildi.

Besh yillik tajribadan kelib chiqib, bozorlarni rivojlantirish dasturini, shuningdek, madaniyat va istirohat bogʻlarida servisni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер