KXDR butun dunyo boʻylab oʻndan ortiq elchixonalarini yopadi
Illyustrativ foto
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) butun dunyo boʻylab oʻndan ortiq elchixonalarni yopishga qaror qilgan.
KXDR butun dunyo boʻylab, jumladan, Ispaniya, Gonkong va bir qancha Afrika mamlakatlaridagi oʻndan ortiq elchixonalarini yopadi.
Bu qaror Pxenyanning 25 foiz diplomatik vakolatxonalari yopilishiga olib kelishi mumkin. Qayd etilishicha, KXDR diplomatik vakolatxonalarining yopilishiga xalqaro sanksiyalar, Pxenyanning global hamkorlikdan voz kechish tendensiyasi va mamlakat iqtisodiyotining zaiflashuvi sabab boʻlmoqda.
Koreyalararo masalalar bilan shugʻullanuvchi Janubiy Koreya Birlashma vazirligi KXDRning valyuta tushumi sanksiyalar tufayli “toʻxtab qolgani” va bu elchixonalarni saqlashni davom ettirishni qiyinlashtirganini taʼkidladi.
“Bu KXDRdagi ogʻir iqtisodiy vaziyatni koʻrsatishi mumkin, bu yerda anʼanaviy doʻst davlatlar bilan hatto minimal diplomatik munosabatlarni saqlab qolish qiyin”, deyiladi vazirlik axborotida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring