Kitobxonlik targʻibotiga oid navbatdagi loyiha start oldi

21:54 09 Fevral 2024 Jamiyat
492 0

9-fevral — Alisher Navoiyning 583-yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan yana bir xayrli tashabbusga start berildi.

Gap shundaki, vazirlik tashabbusi bilan hududlardagi 4-sektorda joylashgan mahallalarda yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etiladi. Loyihadan koʻzlangan maqsad — yurtimizda yoshlar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, ularda kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishni orttirish va intellektual salohiyatini oshirishga boʻlgan intilishni
qoʻllab-quvvatlashdir.

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabariga koʻra, aksiya doirasida Prezident asarlari, oʻzbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 100 turdan ortiq kitob toʻplamlari mahallalarga yuborildi.

Xususan, adliya vaziri Akbar Toshqulov Sirdaryo viloyatiga xizmat safari davomida Yangiyer shahridagi Navroʻzobod mahallasida kutubxona ochilishi tadbirida ishtirok etib, Adliya vazirligi jamoasi nomidan “ziyo_ulash” chellenji doirasida mahallaga 500 dan ortiq kitoblar sovgʻa qilindi. Tadbirda taniqli shoir va yozuvchilar, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.

Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Kitoblar bilan birga zamonaviy va qulay mebel jihozlari, kitob javonlari, kompyuter jamlanmalari taqdim etildi.

Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun vazirlik tomonidan elektron kutubxona ham sovgʻa qilindi. Unda barcha kitoblarning elektron va audio shakllari jamlangan. Ushbu loyiha doirasidagi ishlar boshqa hududlarda ham davom ettiriladi.

Shahzoda ERGASHEVA,

OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер