Kitob va Koʻkdalada yangi maktab binolari foydalanishga topshirildi

16:54 20 Yanvar 2025 Jamiyat
411 0

Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Kitob tumanida joylashgan 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabida bugungi kunda qariyb 2 ming nafar oʻquvchi taʼlim olmoqda. Maktabning 1971-yilda qurilgan eski binosi ming oʻringa moʻljallangan boʻlib, qamrov darajasi ikki marotaba oshib ketgan, boz ustiga nihoyatda taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan edi.

— 2024-yilda tegishli investitsiya dasturi asosida eski maktab oʻrnida 5 qavatli, 1830 oʻringa moʻljallangan zamonaviy maktab binosi qurib bitkazildi, — deydi maktab direktori Manzura Qurbonova. 14,5 milliard soʻmlik mablagʻ evaziga barpo etilgan ushbu zamonaviy binoda darslarni sifatli tashkil etish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Yangi maktab binosining foydalanishga topshirilishi nafaqat maktab jamoasi, balki mahalla ahli uchun haqiqiy bayramga aylanib ketdi.

Tantanali tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov soʻzga chiqib, chiqqanlar tomonidan bugun mamlakatimizda yoshlarning taʼlim va tarbiyasiga qaratilayotgan eʼtibor, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek, Koʻkdala tumanining olis hududlaridan biri hisoblangan Taloqtepa qishlogʻida ham yana bir maktab binosi qurib bitkazildi. 330 oʻringa moʻljallangan ushbu zamonaviy maktabning foydalanishga topshirilishi koʻp yillar maktab muammosidan qiynalib kelayotgan olis qishloq aholisi uchun chinakam bayramga aylanib ketdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер