Kitob tumanida quyosh panellari ishlab chiqariladi

09:16 06 Oktyabr 2022 Jamiyat
732 0

Foto: Xalq so‘zi

Hozirgi paytda Xitoyning “Qarshi Conch sement” korxonasi tomonidan Kitob tumanida yuqori markali sement ishlab chiqarilmoqda. Mazkur xorijiy korxona tomonidan hududdagi 400 nafar mahalliy aholi ish bilan band etilgan.

Mazkur korxonada xitoylik investorlar tomonidan qoʻshimcha 6 MVt. issiqlik energiyasi va quyosh panellari ishlab chiqarish, shuningdek, sement tayyorlashda hosil boʻlgan issiqlikdan elektr energiyasi olish kabi bir qator innovatsion loyihalar ustida ish olib borilmoqda.

Yaqinda Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov va xitoylik investorlar oʻrtasida investitsiya sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi va unda “Qarshi Conch sement” xorijiy korxonasi tomonidan yuqorida amalga oshirilishi moʻljallanayotgan innovatsion loyihalar oʻz aksini topgan boʻlib, shuningdek, qashqadaryolik rahbarlar va tadbirkorlarning Xitoy Xalq Respublikasi ishbilarmonlari bilan uchrashuvlari hamda bir talay istiqbolli rejalar belgilangan.

Faxriddin Bozorov,  “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер