Kislorod tanqisligi, bemorlar uchun joylarning yetishmasligi — Ukrainada koronavirus bilan bogʻliq vaziyat murakkablashmoqda

00:20 07 Oktyabr 2021 Dunyo
940 0

Foto: Reuters

Ukrainada COVID-19 bilan bogʻliq vaziyat tobora murakkablashib bormoqda. Shu bois yaqin kunlarda bir nechta hududlar epidemiologik xavfning qizil zonasiga kiritilishi mumkin. Bu haqda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal maʼlum qildi.

«Yaqin kunlarda bir nechta hududlar qizil zonaga tushib qolishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, kinoteatrlar, kafelar, restoranlar, sport zallari, teatrlar va boshqa jamoat joylari muassasaning xodimlari va tashrif buyuruvchilar toʻliq emlangan boʻlsa faoliyatiga ruxsat beriladi», dedi Denis Shmixal hukumat yigʻilishida.

Bosh vazirning taʼkidlashicha, politsiya xodimlari tegishli dasturiy taʼminotga ega. Ular yordamida tashrif buyuruvchilarda COVID sertifikatlari borligini tekshirishadi.

Bugungi kunda Ukrainada, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning kasalxonaga yotqizilishining koʻpayishi va ular orasida kislorodga muhtojlarning koʻpligi tufayli epidemiologik xavfli toʻq sariq zonada boʻlgan 11 ta hudud mavjud.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, oxirgi 24 soat ichida Ukrainada yana 12 662 kishida infeksiyasi qayd etilgan. Pandemiya boshlanganidan beri mamlakatda jami 2 482 518 kishi COVID-19 yuqtirib, shundan kasallik asoratlari oqibatida 57 526 kishi vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер