Kimyo sohasida 3 milliard dollarlik loyihalar shakllantirilgan

17:24 18 Dekabr 2023 Siyosat
332 0

Kimyo sanoatida talab yuqori boʻlgan mahsulotlar uchun zarur bazaviy xom ashyoning deyarli barchasi mamlakatimizda mavjudligi, ushbu imkoniyatlarni samarali ishga solish zarurligi qayd etildi.

Umuman, kimyo sohasida 3 milliard dollarlik loyihalar shakllantirilgani maʼlum qilindi.

Davlatimiz rahbari elektrotexnika sanoatida mavjud salohiyatni roʻyobga chiqarish masalalariga toʻxtaldi.

Kelgusi yilda tarmoqda 2 milliard dollarlik loyihani amalga oshirish uchun imkoniyat ham, mahsulotlar uchun katta bozor ham borligi taʼkidlandi.

Masalan, Saudiya Arabistonining “Akva Pauer” kompaniyasi bilan 5 gigavattli quyosh va shamol stansiyalarini qurish boʻyicha boshlangan loyihalar uchun kabel kerak boʻladi. Umuman, hozirda boshlangan 27 gigavatt quvvatli quyosh va shamol stansiyalari loyihalari doirasida 500 million dollarlik kabelga ehtiyoj bor.

Shu munosabat bilan kelgusida Ohangaron sanoat zonasida 120 million dollarlik 5 ta loyihani ishga tushirib, 25 ming tonna misdan kabel va 1,5 mingta transformator ishlab chiqarish, Buxoro shahrida 120 million dollarlik texnoparkni ishga tushirib, 25 million dollarlik maishiy texnikalarni mahalliylashtirish rejalashtirilgani aytildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер