Kimyo boʻyicha Nobel mukofoti laureati Dan Shextman yurtimizda
Innovatsion rivojlanish vazirligining taklifiga koʻra, Texnion — Isroil texnologiya instituti Materialshunoslik va muhandislik kafedrasi professori, kimyo boʻyicha Nobel mukofoti laureati Dan Shextman mamlakatimizda mehmon boʻlib turibdi.
Dan Shextman bir haftalik dasturda ishtirok etadi. Jumladan, Texnion — Isroil texnologiya universiteti professori Innovatsion rivojlanish vazirligi hmda Toshkent kimyo-texnologiya institutida uchrashuvlar, shuningdek, Ilgʻor texnologiyalar markazi faoliyati bilan tanishdi. Qolaversa, Toshkent va Samarqand universitetlarida maʼruzalar oʻqiydi, IT park, Oʻzbekistondagi iqtidorli bolalar uchun birinchi Prezident maktabida boʻladi.
Maʼlumot uchun, Dan Shextman kvazikristallarni kashf etgani bois 2011-yilda kimyo boʻyicha Nobel mukofoti sovrini bilan mukofotlangan. U nafaqat kimyo, balki fizika sohasidagi yutuqlari uchun ham boshqa nufuzli ilmiy mukofotlarga ega.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring