Kimlarga poyezdda yurishda imtiyozlar berilgan?
Qonunchilikka koʻra, temir yoʻllarda chiptaning toʻliq qiymatidan 50 foiz chegirmalar bilan yiliga 1-marta yurish huquqi (borish va kelishga) talonlarga almashtirish va guvohnoma taqdim etish boʻyicha quyidagilarga berilgan:
➖ 3-guruh urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslarga;
➖ urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga.
Shuningdek, ayrim shaxslar temir yoʻllarda yiliga bir marta bepul yurishi (borish va kelish) mumkin:
➖ yarador boʻlgan harbiy xizmatchilar;
➖ ishchilar va xizmatchilardan 1 va 2-guruh urush oqibatida nogironligi boʻlgan shaxslar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
➖ Chernobil AESdagi avariyani bartaraf etishda ishtirok etgannogironligi boʻlgan shaxslarga.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring