Kimlar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish toʻlovidan ozod qilinadi?
Qonunchiligimizga koʻra, ayrim shaxslar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish toʻlovidan ozod qilinadi. Bular:
— I va II guruh nogironlari, bolalikdan nogironlar;
— 1941 – 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, ularga tenglashtirilganlar;
— Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan nogironlar;
— 1941 – 1945-yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari;
— baynalmilalchi jangchilar;
— chin yetimlar;
— yolgʻiz pensionerlar;
— 18 yoshgacha boʻlgan bolalar, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari;
— chaqiriq komissiyalari xulosasi asosida mudofaa boʻlimlari yoʻllanmalari boʻyicha 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlganlar;
— “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar;
— 1 yoshgacha bolali emizikli onalar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring