Kimlar buster doza bilan takroriy emlanishi zarur? JSST bu borada oʻz tavsiyalarini berdi
Foto: Arxiv surat
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirusga qarshi takroriy ravishda buster doza bilan birinchi navbatda emlanishi zarur boʻlgan aholi qatlami roʻyxatini eʼlon qildi.
Unga koʻra:
homilador ayollar,
immuniteti zaif kishilar,
qator surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar,
keksa yoshli insonlar,
shifokorlar kuchaytiruvchi dozada takroriy vaksinalar olishi maqsadga muvofiq.
JSST ekspertlari fikricha, dunyo mamlakatlari toʻrtinchi doza bilan emlash kampaniyasi doirasida ushbu “xavf guruhi”ga alohida eʼtibor qaratishi kerak.
Tashkilot xulosasiga koʻra, ikkinchi buster doza COVID-19ning ogʻir shakllaridan himoyalanish yoki undan oʻlim darajasini minimallashtirish uchun zarur.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring