Kim Chen In Vladimir Putin bilan uchrashadimi?

15:49 01 Iyun 2018 Dunyo
2156 0
Foto: Interfaks

KXDR va Rossiya joriy yilda yuqori darajadagi uchrashuv o‘tkazishga kelishib olindi. Bu ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgani yubiley sanasi munosabati bilan tashkil etiladi, deb xabar berdi Shimoliy Koreyaning “STAK” axborot agentligi.

Unga ko‘ra, RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Pxenyanda KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvi chog‘ida shunday kelishuvga erishilgan.

Agentlik tomonlar yuqori darajadagi aloqalarni faollashtirish, turli sohalarda fikr almashish va hamkorlik qilish, jumladan, ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 70 yilligi nishonlanayotgan joriy yilda KXDR va RF rahbarlari o‘rtasida uchrashuvni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olganini ta’kidlaydi.

Qayd etilishicha, Kim Chen In Lavrov bilan muloqot chog‘ida KXDRning denuklerizatsiya bo‘yicha harakatlari o‘zgarmas, bosqichma-bosqich va qat’iy ekanligini bildirgan. U AQSH bilan mazkur masalada ikki tomonlama munosabatlarni normallashtirish uchun ham konstruktiv muzokaralarga kirishmoqchi ekanligini bildirgan.

Kecha RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Vladimir Putin va Kim Chen In o‘rtasidagi uchrashuv haqida gapirishga hali erta ekanligini ta’kidlar ekan, ayni chog‘da Lavrov davlat rahbari maktubini KXDR yetakchisiga yetkazganini aytib o‘tgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер