Kim Chen In bugun ham ommaga koʻrinmadi. Ammo radioda tabrik “yoʻlladi”
KXDR yetakchisi Kim Chen In bugun, yakshanba kuni ham omma oldida koʻrinish bermadi. Biroq davlat radiosida uning nomidan mamlakat shimolidagi kichik shahar aholisi tomonidan erishilgan mehnat yutuqlari munosabati bilan tabrik yoʻllandi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Renxap agentligi xabar berdi.
Biroq radio boʻyicha Kim Chen In hozir qayerda va ahvoli qanday ekanligi haqida hech qanday maʼlumot berilmagan, deya qayd etib oʻtgan manba.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring