Kichik yoshdagi oʻquvchilar milliy sertifikat imtihoni uchun qay tartibda ariza beradi?
Taʼlim nazorati Telegram-kanalida kichik yoshdagi oʻquvchilarning milliy sertifikat imtihonida qatnashishi uchun qay tartibda ariza berilishi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Unda aytilishicha, milliy sertifikat imtihonida qatnashish uchun ID-karta yoki pasporti bor talabgorlar “my.gov.uz” saytida oʻzlarining shaxsiy kabinetlari orqali, kichik yoshdagilar esa ota-onasining profili bilan ariza topshirishi mumkin.
Imtihonga voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi birga borishi shart emas. Oʻquvchi “Tugʻilganlik haqida guvohnoma” hamda agentlik tomonidan taqdim etilgan ruxsatnoma bilan borishi kerak boʻladi.
Kichik yoshdagi oʻquvchilar milliy sertifikat imtihoni uchun qay tartibda ariza beradi?
Imtihonga voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi birga borishi shart emas.
Taʼlim nazorati Telegram-kanalida kichik yoshdagi oʻquvchilarning milliy sertifikat imtihonida qatnashishi uchun qay tartibda ariza berilishi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Unda aytilishicha, milliy sertifikat imtihonida qatnashish uchun ID-karta yoki pasporti bor talabgorlar “my.gov.uz” saytida oʻzlarining shaxsiy kabinetlari orqali, kichik yoshdagilar esa ota-onasining profili bilan ariza topshirishi mumkin.
Imtihonga voyaga yetmagan shaxsning ota-onasi birga borishi shart emas. Oʻquvchi “Tugʻilganlik haqida guvohnoma” hamda agentlik tomonidan taqdim etilgan ruxsatnoma bilan borishi kerak boʻladi.
Ariza berish jarayonida quyidagi rasmda koʻrsatilgandek ikki kategoriyadan birini tanlashingiz kerak. Agar siz voyaga yetmagan farzandingiz uchun ariza topshirayotgan boʻlsangiz, “Arizachining voyaga yetmagan farzandi” bandini tanlashingiz talab etiladi.
Keyingi bosqichda esa, aynan imtihon topshirmoqchi boʻlgan farzandingizning ism-familiyasini tanlaysiz va uning rasmini yuklashingiz kerak.
Shuningdek, ICAO standartiga muvofiq fotosuratlarga qoʻyiladigan talablar mavjud. Jumladan:
Surat sifati:
- fotosurat hujjatlarni topshirishdan kamida 6 oy oldin olinishi kerak
- fotosurat oʻlchami 35×45 mm, fotosurat rangli boʻlishi kerak, yuz va yelkaning yuqori qismi fotosuratga toʻliq mos kelishi kerak, yuzning oʻlchami fotosuratning 70-80% ni tashkil qiladi.
- tasvir aniq va kontrastli boʻlishi kerak
- fotosurat yuqori sifatli, siyoh dogʻlarisiz boʻlishi kerak
- suratga tushayotgan shaxs toʻgʻridan-toʻgʻri kameraga qarashi kerak
- teri rangi tabiiy boʻlishi kerak
- yorqinlik/kontrast oʻrtacha boʻlishi kerak
- Raqamli kamera bilan suratga olishda rangli gamut yuqori boʻlishi kerak.
Uslub va yorugʻlik:
- fotosuratdagi rang – neytral
- koʻzlar ochiq va koʻrinadigan boʻlishi kerak, ular sochlar bilan qoplanmagan boʻlishi kerak
- yuz – qatʼiy toʻliq yuz, yelkaga qarab (“portret uslubi”) yoki boshni egib rasmga tushish man etiladi, yuzning konturlari aniq koʻrinishi kerak
- fon bir xil, yorugʻ
- tasvir paytida yorugʻlik bir xil, yuzida soyalarsiz, “qizil koʻz” taʼsiriga yoʻl qoʻyilmaydi
Koʻzoynak va bosh kiyimlar:
- koʻzoynak bilan suratga olishda koʻzlar aniq koʻrinadigan boʻlishi kerak, koʻzoynakda surat chirogʻi porlamasligi lozim. Qoraytirilgan koʻzoynak bilan suratga olish taqiqlanadi. Bundan tashqari, iloji boricha, ogʻir massiv ramkalarni yengilroqlari bilan almashtirish lozim.
- Koʻzoynaklar koʻzingizni qoplamasligi kerak
- Suratga olishda bosh kiyim kiyishga ruxsat berilmaydi, diniy sabablarga koʻra yuzaga kelgan holatlar bundan mustasno, lekin bu holatda ham yuz peshonadan jagʻgacha ochiq boʻlishi kerak, yuzning konturlari aniq koʻrinishi kerak
- Suratga olinadigan odam rasmda yolgʻiz boʻlishi kerak (stulning suyanchigʻi, oʻyinchoqlar va boshqa fondagi odamlarsiz). Yuz ifodasi neytral, ogʻiz yopiq.
Rasm va talab etilgan boshqa maʼlumotlar toʻliq yuklangandan soʻng, keyingi bosqichga oʻtib oʻquvchining qaysi fandan va qaysi hududda imtihon topshirishi haqidagi maʼlumotlar toʻldiriladi. Ariza berish yakuniga yetgach, toʻlov qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring