Kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyalashtirish uchun tijorat banklariga 300 mln dollar ekvivalentida kredit liniyasi ajratiladi
Foto: Illustrativ foto
Prezident qaroriga koʻra:
— kredit liniyasi tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 10 foiz stavkada milliy valyutada ajratiladi;
— tijorat banklari tomonidan kreditlar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish (bundan qurilish, savdo, vositachilik sohasidagi loyihalar, shuningdek, aksizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamgʻarmasida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar hamda aylanma mablagʻlarni toʻldirish holatlari mustasno) uchun yillik 14 foiz stavkada, 5 yilgacha muddatga, shu jumladan, 2 yilgacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 5 mlrd soʻmgacha miqdorda ajratiladi;
— tadbirkorlik subyektlarining faoliyat davri 6 oygacha boʻlganda 1 mlrd soʻmgacha, 6 oydan 1 yilgacha boʻlganda 2 mlrd soʻmgacha, 1 yildan 2 yilgacha boʻlganda 3 mlrd soʻmgacha, 2 yildan 3 yilgacha boʻlganda 4 mlrd soʻmgacha va 3 yildan oshganda 5 mlrd soʻmgacha kreditlar ajratiladi;
— kredit liniyasi mablagʻlarining kamida 70 foizi Nukus shahridan, viloyatlarning maʼmuriy markazlaridan va viloyat boʻysunuvida boʻlgan shaharlardan tashqari hududlarda faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlarga ajratiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring