Kibersport boʻyicha milliy saralash turniri eʼlon qilindi
Oʻzbekistonda kibersport boʻyicha eng yirik musobaqalardan boʻlgan “World Esports Championship 2025” uchun milliy saralash bosqichi boshlandi.
Ushbu nufuzli turnir Xalqaro kibersport federatsiyasi tomonidan tashkillashtiriladi va Oʻzbekistonning eng kuchli kibersportchilarini bir yerga jamlaydi.
Musobaqada “PUBG Mobile”, “Mobile Legend”, MLBB erkaklar va ayollar jamoalari hamda “eFootball” yoʻnalishlarida qatnashish mumkin. Ishtirokchilar 26-martdan 10-aprelgacha roʻyxatdan oʻtishlari zarur.
Turnirning eng kuchli ishtirokchilari Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritilib, jahon chempionatida mamlakat sharafini himoya qiladi.
Taʼkidlash joiz, turnirda faqat 16-yoshdan katta ishtirokchilar qatnasha oladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring