Xususiylashtirish boʻyicha ishlar holati tahlil qilindi
Xususiylashtirish boʻyicha ishlar holati tahlil qilindi.
Masalan, “Donmahsulot” tarkibidagi savdoga chiqarilgan 43 ta korxonadan bor-yoʻgʻi 10 tasi sotilgan. Ayrimlari 2-3-yildan beri sotilmasdan turibdi. Bunga sabab xususiy sektorga bermaslik uchun narxi sunʼiy oshirib yuborilgan.
Mutasaddilarga sotilmasdan turgan 33 ta don korxonasi narxini bozor qiymatiga keltirib, joriy yilda sotilishini taʼminlash vazifasi qoʻyildi.
Shuningdek, xususiylashtirish dasturiga kiritilgan 484 ta davlat aktivlari savdoga chiqarilmayotgani tanqid qilindi. Vaholanki, bularning hisobidan yana 200 milliard soʻm tushum qilsa boʻlardi.
Vazirlar Mahkamasiga qoloqliklarni bartaraf etib, 2024-yilda 20 trillion soʻm tushum taʼminlaydigan yangi xususiylashtirish dasturini kiritish topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring