Xususiy bogʻcha, maktab va shifoxonalar soni boʻyicha Yunusobod poytaxtdagi yetakchi tumanlardan biriga aylandi

12:32 03 Aprel 2024 Siyosat
468 0

Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Prezident aholi daromadini oshirish boʻyicha qanday ishlash zarurligini Yunusobod tumani misolida tushuntirdi.

Soʻnggi yetti-sakkiz yilda poytaxtda, shu jumladan Yunusobodda katta oʻzgarishlar boʻldi. Masalan, bu davrda tumanga 1 milliard 700 million dollar xorijiy investitsiya kiritildi, korxona, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari 3,5 mingtaga, ish oʻrinlari 20 mingtaga koʻpaydi.

Tumanda 6 ming xonadonli yangi uy-joylar qurildi, 8 mingta yangi oʻquvchi oʻrni tashkil qilindi, 3 ta oliygoh ochildi. Xususiy bogʻcha, maktab va shifoxonalar soni boʻyicha ham Yunusobod poytaxtdagi yetakchi tumanlardan biriga aylandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер