Xoʻjayli va Chimboy tumanlarida ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlar fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xoʻjayli tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro T.M. tuman xalq taʼlimi boʻlimi bosh inspektor-metodisti vazifasida ishlagan davrida fuqaro E.M.ni 3 000 AQSH dollari evaziga tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablardan biriga direktor lavozimiga oʻtkazishini aytib, uning 2 100 AQSH dollari va 1 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlanib, T.M. tomonidan 1 mln soʻmning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Shu kabi, Departamentning Chimboy tuman boʻlimi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.L. fuqaro G.U.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Nukus shahar tez tibbiy yordam markaziga ishga joylashtirib qoʻyish evaziga 20 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring