Xoʻjayli tumanida senator aholi bilan ochiq muloqot oʻtkazdi
Senatning oʻninchi yalpi majlisida maʼqullangan qonunlar va muhokama qilingan masalalar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida senatorlar hududlarda uchrashuvlar oʻtkazmoqda.
Shu maqsadda Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Oral Ataniyazova Xoʻjayli tumani Yoshlar markazida aholi bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
Uchrashuvda senator Senatning 10-yalpi majlisida muhokama etilgan qonunlar mazmun-mohiyati va ularning ahamiyati haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, Prezidentimiz rahbarligida taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tizimidagi yangilanishlarga eʼtibor qaratdi.
Muloqot davomida mahalliy muammolar ham oʻrganildi. Pedagoglar tomonidan maktab oʻquvchilari uchun yozgi bolalar sogʻlomlashtirish markazini tashkil etish taklifi ilgari surildi.
Senator mazkur taklifni tegishli idoralar bilan koʻrib chiqishini bildirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring