Xoʻjabod tumanida bir ayol hokimiyat binosi tomiga chiqib, oʻzini tashlamoqchi boʻldi (+video)

13:34 11 Mart 2025 Jamiyat
520 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Xoʻjabod tumanida bir ayol hokimiyat binosi tomiga chiqib, oʻzini tashlamoqchi boʻlgani haqidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga viloyat hokimligi matbuot kotibi Rustam Eshonov maʼlum qildi.

Unda aytilishicha, joriy yilning 10-mart kuni soat 11:20 lar atrofida bir ayol Xoʻjaobod tumani “Qishloq xoʻjaligi boʻlimi” binosining tom qismida yurgan video tarqalgan.

Tezkor surishtiruv natijalariga koʻra videodagi ayol hech qanday oʻz joniga qasd qilish maqsadida tomga chiqmagani aniqlangan.

Tuman hokimligi vakillari ushbu ayol bilan suhbatlashganida tuman hokimi bilan birinchi marotaba uchrashish uchun kelganligini hamda Xoʻjaobod tumani hokimi bilan shaxsan koʻrishish niyatida boʻlganligi maʼlum qilgan.

Hokimlik vakillari esa, Tuman hokimi ayni vaqtda hududlardagi obodonlashtirish ishlarini koʻzdan kechirish uchun chiqib ketganligini, ayolning biror murojaati boʻlsa qoldirishini, haftaning har shanba kuni oʻtkaziladigan sayyor qabulga roʻyxatga olib qoʻyishlari mumkinligini aytgan.

“Ammo ayol bu gaplarga ishonmasdan, masʼullar meni aldashyapti degan xayol bilan asabiylashib, atrofdagilarni qoʻrqitish maqsadida binoning tom qismiga chiqqanligini, oʻz joniga qasd qilish niyati boʻlmaganligini aytib oʻtdi”, — deyiladi Tuman hokimligi munosabatida.

Taʼkidlanishicha, Tuman hokimi ushbu ayol bilan uchrashib, uni qiynab kelayotgan muammolarini tinglagan. Uchrashuv davomida fuqaro rasmiy ishga ham joylangan.

“Ayolning murojaatlari joyida hal etildi, ayrim vaqt talab etiladiganlariga esa aniq muddatlar belgilab olindi”, — deyiladi munosabatda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер