Xotin-qizlar huquqlarini qonunchilik darajasida taʼminlash mexanizmini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikda “Xotin-qizlar huquqlarini qonunchilik darajasida taʼminlash mexanizmini takomillashtirish – Ombudsman, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalarining ustuvor vazifalaridan biridir” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Xalqaro va mahalliy maʼruzachilar jalb etilgan tadbirda Ombudsman huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiyasi aʼzolari, Ombudsman mintaqaviy vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, hayoti davomida uchta ayoldan biri tazyiq va zoʻravonlikka uchraydi.
Tadbirda qayd etilishicha, mamlakatimizda sogʻlom oilani shakllantirish, oilada yuksak darajadagi maʼnaviy-ahloqiy muhitni qaror toptirish, xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini oldini olish masalalari davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Lekin shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlar orqali xotin-qizlarga nisbatan turli koʻrinishdagi zoʻravonlik, ruhiy va jismoniy tazyiqlar oʻtkazilayotgani bilan bogʻliq nohush xabarlar koʻp tarqalmoqda. Bu esa Ombudsman jamoasi, fuqarolik jamiyati institutlari va OAV vakillari oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirishi zarurligini koʻrsatadi.
Seminar treningda oiladagi zoʻravonlikning asosiy sabablarini oʻrganish va ularni oldini olish boʻyicha mexanizmlarni ishlab chiqish, jabrlanganlarni qoʻllab-quvvatlash va aholining huquqiy xabardorligini oshirish boʻyicha muhokamalar oʻtkazildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring