Xorvatiyada yuqori patogenli koronovirus variantlari keng tarqalmoqda

19:40 28 Iyul 2022 Dunyo
1029 0

Illyustrativ foto

Epidemiologlar Xorvatiyada koronavirusning “Omikron” mutatsiyasini yuqori patogenli variantlarining yangi toʻlqini haqida ogohlantirmoqda. Bu haqda mahalliy HRT teleradiokompaniyasi Milliy sogʻliqni saqlash institutiga tayanib xabar bermoqda.

«Xorvatiya koronavirusning yuqori patogenli variantlarining yangi toʻlqini hujumiga uchradi. Test topshirganlarning orasida ular bilan bogʻliq ijobiy holatlar 30 foizga koʻpaydi», deyiladi institut bayonotida.

“Hozirda bizning hududimizda «Omikron”ning uchta varianti tarqalmoqda», deydi xorvatiyalik epidemiologlar.

Infeksiyalarning eng koʻp soni mamlakat poytaxti Zagrebda, shuningdek, Split-Dalmatiya va Primorsko-Goran viloyatlarida qayd etilgan.

Oʻtgan sutka davomida Xorvatiyada 1899 ta yangi holat aniqlanib, infeksiya asoratlaridan 16 kishi vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер