Xorvatiya chet ellik sayyohlar uchun oʻz darvozalarini yopdi

22:55 01 Dekabr 2020 Dunyo
880 0

Xorvatiya 2020-yil 1-dekabrdan boshlab chet ellik sayyohlar uchun oʻz chegaralarini yopdi. Bu haqda ATOR sayti Xorvatiya hukumati qaroriga asoslanib xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, ushbu cheklov 2020-yilning 15-dekabrgacha amal qiladi. Rasmiylar ushbu qarorga koronavirus bilan kasallanganlar sonining koʻpaygani tufayli kelishgan.

Shu bilan birga, ishlash, oʻqish, oʻz oilalariga qaytmoqchi boʻlganlar, shuningdek, tranzit bilan mamlakatni kesib oʻtuvchi va 12 soatdan ortiq vaqt mobaynida Xorvatiya hududida qolmaydiganlarga kirish uchun ruxsat beriladi. Bunday hollarda kelganlar “Covid-19” yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga ega boʻlishlari lozim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер