Xorijiy fuqarolarning vizasi 5-mayga qadar uzaytiriladi

15:02 21 Mart 2020 Jamiyat
951 0

Arxiv surat

Oʻzbekiston hududida boʻlgan xorijiy fuqarolarning mamlakatdan chiqib ketishidagi muammolarni inobatga olib, ularning viza muddatini joriy yilning 5-may sanasigacha avtomatik tarzda uzaytiriladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabariga koʻra, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha maxsus komissiya yigʻilishida shunga doir qaror qabul qilindi.

Hujjatga koʻra, muayyan muddatga vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar fuqarolariga ham (belgilangan muddat buzilgan taqdirda) istisno tarzida mamlakat hududidan chiqib ketishiga 2020-yilning 5-mayiga qadar ruxsat beriladi.

Yuqoridagi holatlarda xorijiy mamlakatlar fuqarolariga nisbatan hech qanday chora koʻrilmaydi hamda jarima undirilmaydi.

Transport vazirligi Tashqi ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda xorijiy fuqarolarning oʻz yoki uchinchi mamlakatga qaytishi uchun xarid qilingan Uzbekistan Airways AJning aviachiptasi mavjud boʻlgan taqdirda, ularning qaytib ketishi uchun tegishli reyslarini qoʻshimcha mablagʻ undirmagan holda tashkil etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер