Xorijiy davlatga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi
Foto: IJQK departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.Yu. fuqaro Q.I.ni 12 000 AQSH dollari evaziga Janubiy Koreya davlatiga ishlash uchun yuborishni va’da qilib, oldindan 48 mln so‘m va 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan, shuningdek O.Yu. muqaddam 2 nafar fuqaroni ushbu davlatga ishga yuborish evaziga 4 800 AQSH dollari va 88 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring